Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shols Putinning amerikalik jurnalistga bergan intervyusini bema’nilik deb atadi

Shols Putinning amerikalik jurnalistga bergan intervyusini bema’nilik deb atadi

Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya prezidenti Vladimir Putinning amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusini bema’nilik deb atadi.

Shols bu haqda Oq uyda AQSh prezidenti Jo Bayden bilan qo‘shma brifingda ma’lum qildi.

"Biz Putin bilan so‘nggi bema’ni intervyuni ko‘rganimizda, u har doim bu urush tarixi haqida ko‘p yolg‘on gapirishini tushunamiz. Chunki u nima uchun bunday qilayotganini tushunish juda oson. U qo‘shnilari hududlarining bir qismini qo‘lga kiritmoqchi. U shunchaki imperialist", — deya ta’kidladi Shols Bayden bilan muzokaralar oldidan o‘tkazilgan qo‘shma brifingda

Kiritildi: 18:06 10.02.2024. O'qildi: 1643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!