4 yanvar kuni Samarqand shahridagi Family Park majmuasida Top Seven Fighters promouterlik kompaniyasi tomonidan professional boks turniri tashkil etiladi.
Oqshomning markaziy jangida o‘zbekistonlik taniqli charm qo‘lqop ustasi, super yengil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq da’vogar Shohjahon Ergashev Hindiston vakili Gurprit Singhga qarshi ringga ko‘tariladi.
Jang yarim o‘rta vazn toifasida o‘tkaziladi. Turnir 4 yanvar kuni soat 17:00 da start oladi.
Tashkilotchilar turnirning to‘liq kardini e’lon qilishdi: