Shilpa Shettining «SRL» nomli diagnostika markazidan chiqib kelayotganida olingan so‘nggi fotosuratlari uning muxlislarini aktrisa ikkinchi bora homilador bo‘lgan, degan taxminlarga olib keldi.
«Oh Xudoyim, men sog‘lom turmush tarziga rioya qilganim uchun muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tyapman. Buni esa shov-shuvga aylantirib yuborish kerak emas. Yana shuni ham ta’kidlamoqchimanki, men homilador emasman. Hamisha ko‘rikdan o‘tib turish esa kasallik paydo bo‘lishining oldini oladi», deydi aktrisa.
Shilpa homiladorlik haqidagi mish-mishlarni rad etdi va bu faqat muntazam tekshiruv ekanini aytdi. Aktrisa sog‘lom turmush tarziga qat’iy rioya qiladi, muntazam ravishda yoga bilan shug‘ullanadi. Esalatib o‘tamiz, Shilpa Shetti va Raj Kundra 2009 yilda turmush qurishgan bo‘lib, hozirda 6 yoshli o‘g‘li Vianni tarbiyalab kelishmoqda.
Manba: bollywoodnews.com