Pxenyan Koreya yarim orolida yadro urushi boshlanishi muqarrar, deb hisoblaydi KXDR mudofaa vaziri Kan Sun Nam.
“Koreya yarim orolidagi yadroviy urush endi bu bo‘ladimi yoki yo‘qmi degan savol emas, balki uni kim va qachon boshlashi masalasidir. Qo‘shma Shtatlar va Koreya Respublikasidagi qo‘g‘irchoqlarning yadro urushi maniyasi Koreya yarim oroli va Shimoliy-Sharqiy Osiyoni yadro urushining yangi o‘chog‘iga aylantirmoqda”, — dedi Kan Sun Nam.
Aprel oyida Qo‘shma Shtatlar va Janubiy Koreya Vashington deklarasiyasini qabul qildi, unda Seul AQShdan KXDR tomonidan yadroviy hujum sodir bo‘lgan taqdirda alyansning barcha kuchlarini, jumladan, yadroviy quroldan zudlik bilan foydalanishi aytilgan.