Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Shimoliy Koreya qurolsizlantirilgan hududdagi Koreyalararo yo‘lni minaladi – Yonhap

Shimoliy Koreya qurolsizlantirilgan hududdagi Koreyalararo yo‘lni minaladi – Yonhap

Shimoliy Koreya qurolsizlantirilgan hududdagi Koreyalararo yo‘lni minaladi – Yonhap

Shimoliy Koreya Shimoliy va Janubiy Koreyani ajratib turuvchi qurolsizlantirilgan hududdagi Koreyalararo yo‘lni minalashtirdi. Bu haqda manbaga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi.

Agentlik suhbatdoshiga ko‘ra, o‘tgan yil oxirida Janubiy Koreya harbiylari Shimoliy Koreya Seuldan 85 kilometr uzoqlikda qurolsizlantirilgan hudud ichidagi yo‘lga mina qo‘yganini birinchi marta aniqlagan. Yanvar oyida Shimoliy Koreya qo‘shinlari yana ikkita yo‘lda kuzatilgan.

Ikki davlat o‘rtasidagi yo‘l 2018 yilgi Koreyalararo harbiy kelishuvga muvofiq qurilgan. Keyin Seul va Pxenyan 1950-1953 yillardagi Koreya urushi paytida halok bo‘lganlarning qoldiqlarini qidirish bo‘yicha birgalikda harakat qildi. Yil boshida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya bilan birlashish g‘oyasidan voz kechishga chaqirdi va Seulni o‘zining asosiy dushmani deb atadi.

Kiritildi: 18:49 29.04.2024. O'qildi: 844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!