Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan temir yo‘l va avtomobil aloqalarini to‘xtatdi

Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan temir yo‘l va avtomobil aloqalarini to‘xtatdi

Chorshanba kunidan boshlab Shimoliy Koreya respublikani Janubiy Koreya bilan bog‘laydigan barcha avtomobil va temir yo‘llarni butunlay to‘sib qo‘yadi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi ma’lum qildi.

Koreya xalq armiyasi (KXA) bosh shtabi “9 oktyabrdan boshlab Janubiy Koreya bilan bog‘lovchi temir yo‘l va avtomobil yo‘llarini to‘liq yopib qo‘yishi” va “mudofaa tuzilmalarini mustahkamlash ishlarini olib borishi” haqida bayonot berdi.

Koreya xalq armiyasi bosh shtabi, shuningdek, KXDRning Koreya Respublikasi bilan janubiy chegarasini doimiy ravishda yopish va to‘sib qo‘yish o‘z-o‘zini himoya qilish va milliy xavfsizlik chorasi ekanligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni Shimoliy Koreya Janubiy Koreya tomon 100 ga yaqin axlat sharlarini uchirdi.

May oyi oxiridan beri Shimoliy Koreya ushbu havo sharlarining 5000 dan ortig‘ini Janubiy Koreya tomon uchirdi.

Janubiy Koreya, agar Shimoliy Koreya o‘zining davom etayotgan axlat sharlari kampaniyasi bilan “chegarani kesib o‘tsa” yoki janubiy koreyaliklarga jiddiy zarar yetkazsa, “kuchli” harbiy chora ko‘rishga va’da berdi.

Kiritildi: 22:04 09.10.2024. O'qildi: 848 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!