KXDR janubiy qo‘shnisi bilan hududiy chegaralarni belgilash siyosati doirasida Janubiy Koreya bilan avtomobil va temir yo‘l aloqalarini butunlay yo‘q qildi.
KCNA ma’lumotlariga ko‘ra, 15 oktyabr kuni mamlakat sharqidagi Gangvon provinsiyasining Gamxo qishlog‘i va g‘arbdagi Dongnae qishlog‘ida uzunligi 60 m bo‘lgan yo‘l uchastkalari portlatilgan.
Bundan tashqari, KXDR Mudofaa vazirligi yaqin orada "janubiy chegarani qal’aga aylantirish" choralari ko‘rilishini qo‘shimcha qildi.