Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Kursk viloyatida Rossiya armiyasi tomonida jang qilgan KXDR askarini birinchi marta Ukraina harbiylari qo‘lga olgan. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi xabar berdi.
Mahbusning qayerda ekanligi hozircha ma’lum emas. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina telegram-kanallarida asirga olingan shimoliy koreyalik askar tasvirlangani iddao qilingan surat chop etilgandi. Ukraina tomonidan bu ma’lumotni rasmiy tasdiqlagani yo‘q.
23-dekabr kuni Janubiy Koreya harbiylari Shimoliy Koreyaning Kursk viloyatidagi yo‘qotishlari 1100 ga yaqin odam halok bo‘lganini ma’lum qildi. Janubiy Koreya razvedka xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, Pxenyan Rossiyaga qo‘shimcha kuch va harbiy texnika jo‘natishga hozirlik ko‘rmoqda.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir necha oy ichida Kursk viloyatida Shimoliy Koreyaning uch mingdan ortiq askari halok bo‘lgan yoki yaralangan.