Bugun 13 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Shimoliy Koreya 90 ta yadro kallaklarini yaratishi mumkin, ammo hozirgacha atigi 50 ta yadro qurolini yaratdi

Shimoliy Koreya 90 ta yadro kallaklarini yaratishi mumkin, ammo hozirgacha atigi 50 ta yadro qurolini yaratdi

Pxenyan 90 ta yadro kallaklarini yaratish uchun yetarli bo‘linuvchi material to‘plagan, ammo hozirga qadar atigi elliktasini qurgan. Bu haqda Amerika olimlari federasiyasining Shimoliy Koreya yadroviy arsenaliga doir tadqiqotida aytilgan.

«Shimoliy Koreya jangovar kallaklarni yetkazib berish uchun raketa kuchlarini yaratmoqda va diversifikasiya qilmoqda, jumladan, yaqinda yangi qattiq yonilg‘i bilan ishlaydigan uzoq masofaga mo‘ljallangan strategik raketalar, qisqa masofali taktik raketalar va dengizdan uchiriladigan raketalar ishlab chiqilmoqda», — deyiladi hisobotda.

Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti avvalroq dunyodagi yadro kallaklari sonini hisoblagan edi. Ulardan Rossiya eng ko‘p - 5580. Ikkinchi o‘rinda AQSh (5044), uchinchi o‘rinda Xitoy (500) joylashgan.

Kiritildi: 22:47 16.07.2024. O'qildi: 656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!