Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Shifokor nonushta uchun eng xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini ma’lum qildi

Shifokor nonushta uchun eng xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini ma’lum qildi

Ertalabki nonushta paytida iste’mol qilish sog‘liq uchun zararli va semirishga olib keladigan oziq-ovqatlar mavjud.

Bu haqda parhezshunos Inna Kononenko “Beshinchi kanal”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday mahsulotlarga tez pishadigan donlar, sutli yormalar, sendvichlar va murabbo solingan tostlar kiradi.

Bunday  yormalar qondagi qand miqdorini oshiradi va insulin ajralib chiqishiga sabab bo‘ladi. Va ular iste’molidan so‘ng tez orada yana ochlik hissi paydo bo‘ladi.

Mutaxassis, shuningdek, yangi siqilgan smuzi tarkibida ko‘p miqdorda shakar mavjudligini ta’kidladi. Ulardagi fruktoza miqdori mevaning turiga bog‘liq. Zero, tezda jigarga kirib, jigar yog‘iga aylanadigan fruktoza vazn ortishiga olib keladi.

 

 

Kiritildi: 20:35 22.09.2020. O'qildi: 6398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!