Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shifokor kuz mavsumida zarur bo‘lgan vitaminlar haqida ma’lumot berdi

Shifokor kuz mavsumida zarur bo‘lgan vitaminlar haqida ma’lumot berdi

Parhezshunos, allergolog-immunolog Marina Apletayeva kuz mavsumida immunitetni kuchaytirish uchun iste’mol qilish kerak bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, beta-karotin tanani mavsumiy kasalliklardan himoya qilishda eng muhimlaridan biri hisoblanadi. Ushbu modda esa olov rang hamda to‘q sariq rangdagi sabzavot va mevalar - shaftoli, o‘rik, oshqovoq, sabzi, qovun va olxo‘ri tarkibida bo‘ladi.

“Beta-karotinga boy ushbu mahsulotlar, shuningdek, A vitaminining ham manbai hisoblanadi. Ushbu vitamin yuqori nafas yo‘llarining shilliq pardalarini viruslar va bakteriyalar kirib kelishidan himoya qiluvchi asosiy qalqon sanaladi”, - deydi mutaxassis.

 

 

Kiritildi: 20:02 15.09.2020. O'qildi: 2601 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!