Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

SHHT a’zolari Eron atrofidagi vaziyatdan xavotir bildirdi

SHHT a’zolari Eron atrofidagi vaziyatdan xavotir bildirdi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Eron hududiga berilgan harbiy zarbalarni qoralash bo‘yicha avval bildirilgan pozisiyasini yana bir bor tasdiqladi.

Bu haqda Kreml saytida e’lon qilingan SHHT deklarasiyasida ma’lum qilindi.

«A’zo davlatlar Eron Islom Respublikasi hududiga berilgan, tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga va mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan harbiy zarbalarni qoralash bo‘yicha SHHTning avval bildirilgan pozisiyasini tasdiqlaydi», — deyiladi hujjatda.

SHHTga a’zo mamlakatlar Eron atrofidagi vaziyat rivojidan ham jiddiy xavotir bildirgan.

Deklarasiyada ta’kidlanishicha, bunday harakatlar xalqaro huquq tamoyillari va me’yorlariga, shuningdek, BMT Nizomiga zid hisoblanadi.

Tashkilot a’zolari bu kabi harakatlar xalqaro tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik uchun jiddiy xavf tug‘dirishini ham qayd etgan.

Kiritildi: 12:14 01.09.2026. O'qildi: 969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!