Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shevadagi so‘zlar haqida

Shevadagi so‘zlar haqida

So‘zlarning xilma-xilligi tilning boyligidan dalolat qiladi. Ruscha sherst so‘zini Toshkentda yung deyiladi. Biroq, adabiy tilga jun shaklida qabul qilingan. Bu o‘rinda adabiysi to‘g‘ri, qolgani shunchaki sheva deyish fikrimcha xato yondashuv bo‘lardi. Chunki, turkiy xalqlarning ba’zilari y ni j tarzida talaffuz qilishi bor narsa. Shu ma’noda hatto birinchi variant asl turkiy uslubga yaqinroq desak xato qilmagan bo‘lamiz.

Ancha paytdan beri Turkiya turkchasidagi bizning maqollarimiz va boshqa shevalarimiz borasidagi parallelliklarga e’tibor qaratib kelaman. Juda ajoyib narsalar bor. Masalan, ko‘ylakning shevadagi ko‘yne(k) varianti ayni shaklda Turkiyaning ba’zi shaharlarida ishlatiladi. Usmonli davrida mashhur bo‘lgan xalq mumtoz qo‘shiqlaridan etek sarı nomli turkiyda (turkiy bu turk xalqlariga oid qo‘shiq degani) ko‘ylak so‘zi ko‘ynek tarzida aytiladi. Yoki, adabiy tilda yurak deb aytadiganimiz so‘z turkchada y rek ( yurek ) o‘laroq ishlatiladi. Bu ham bo‘lsa, yurtimizning ayrim shevalaridagi yurek so‘zini aslo xato emasligini ko‘rsatadi. Turkiyaning ba’zi shaharlarida o‘zimizda sheva deb bilinadigan obor! so‘zi ishlatiladi. Vaholanki, turk adabiy tilida bu so‘z o‘rniga g t r! so‘zi qo‘llanishi kerak edi. Ba’zi joylarda Xorazm shevasidagi kabi appar! , ba’zilarida apar! , oppor! tarzida aytiladi. Bunda, o‘zimizning olib bor! so‘zining ko‘p ishlatilavergach, tilga oson shaklda qisqartirilganini kuzatish mumkin.

Shuningdek, yangi so‘zi ba’zi shaharlarimiz shevasida yengi deyiladi. Turklarda ham xuddi shu tarzda ammo, ng dagi g ni tushirib qoldirgan holda yeni deydilar. Aytmoqchi bo‘layotganim, turk tili bilan o‘zbek tili alohida til emas balki, bir tilning turli lahjalaridir. Shuningdek, shevadagi barcha so‘zlar ham shunchaki, kimlardir tomonidan tuzib berilgan adabiy tildagi imloga to‘g‘ri kelmaganligi uchun xato bo‘lib qolmaydi. Xalq tomonidan asrlardan beri ishlatilib kelinayotgan so‘zlar va boshqa turkiy xalqlarda ham ayni shaklda qo‘llanilayotganligi ularning ham o‘z holicha to‘g‘ri ekanligiga dalolat qiladi.

Lekin, shevaning shevadan farqi borligi, ba’zi joylarning tili sayqallanib, eng go‘zal tus olishini inkor etmayman. Butun boshli Hijozdan Quraysh shevasida Qur’oni Karimning nozil bo‘lishi ham ayni sabab tufayli edi. Ya’ni, Quraysh Hijozda markaz bo‘lib qolganligi va boshqa barcha arab qabilalari bilan bevosita aloqaga kirishib, ulardan so‘zlarning eng yaxshilarini o‘zlashtirganliklari tufayli, Quraysh lahjasi benihoya tiniq, fasohatli va quloqqa yoqimli tus kasb etgan edi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 21:30 14.04.2019. O'qildi: 5500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!