Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shedevr gol! O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev Qozog‘iston chempionatida maydon markazidan gol urdi

Shedevr gol! O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev Qozog‘iston chempionatida maydon markazidan gol urdi

Futbol bo‘yicha Qozog‘iston Premyer Ligasi 4-turi doirasida «Aqto‘be» jamoasi 9 aprel, juma kuni o‘z maydonida «Ordabasi»ni qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar 8 ta gol urishga erishdi. Shulardan 4 tasi mezbonlar, yana 4 tasi esa mehmonlar hisobiga yozildi. «Aqto‘be» safida Igor Sergeev, Yerkebulan Nurgaliyev, Rifat Nurmugamet, Mixal Yerjabek, «Ordabasi» safida esa Temirlan Yerlanov, Juan Paulo da Silva (2 ta) va Sergey Xichnichenko gol urishga erishdi.

Gap shundaki, «Aqto‘be» safida to‘p tepayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Igor Sergeev mazkur bahsda maydon markazidan o‘ta kuchli zarba yo‘llab gol urishga erishdi. Futbolchi maydonda 81 daqiqa harakat qildi.

Igor Sergeevning qoyilmaqom goli va o‘yindagi barcha gollarni bu yerda tomosha qilish mumkin — video.

Eslatib o‘tamiz, Sergeev 2021 yil fevralida «Aqto‘be» bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolagan. Ungacha Igor «Paxtakor» sharafini himoya qilib kelayotgandi. Hujumchi aqto‘beliklar safida Qozog‘iston chempionatining 4 ta o‘yinida qatnashib, 2 ta gol urishga erishdi. Transfermarkt portali Sergeevning ayni damdagi narxi 1,5 million yevro ekanligini ko‘rsatmoqda.

Kiritildi: 08:32 10.04.2021. O'qildi: 2917 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!