Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Shayxontohurda tadbirkorning 1,9 mlrd so‘mini qo‘lga kiritgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

A A A
Shayxontohurda tadbirkorning 1,9 mlrd so‘mini qo‘lga kiritgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro G.A. “D.” MCHJning rahbarining ishonchiga kirib, 2020 yilning oktyabr-dekabr oylarida jamiyatning 2,7 mlrd so‘mlik dori-vositalarini Toshkent shahri va Namangan viloyatidagi dorixonalarga yetkazib berib, sotuvdan tushgan 1,9 mlrd so‘mni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborib, “D.” MCHJ manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan G.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:24 26.02.2021. O'qildi: 2242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!