Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Shayxontohurda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Shayxontohurda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Shayxontohur tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “S” MCHJga qarashli dorixonada savdo faoliyatini amalga oshirayotgan L.T. xaridorga 50 dona “Zardeks 300mg” dori vositasini 1 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari bo‘lmagan jami 696 dona “Zardeks 300mg” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini resept bo‘yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 13:31 02.08.2021. O'qildi: 1718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!