Birlashgan Arab Amirliklari vositachiligida Rossiya va Ukraina o‘rtasida harbiy asirlar almashinuvi amalga oshirildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 95 nafar rossiyalik harbiy asir Ukraina hududidan qaytarilgan, 95 nafar harbiy asir esa buning evaziga Ukraina Qurolli kuchlariga topshirilgan.
Hozirda Rossiyaning barcha harbiy xizmatchilari Belarus hududida joylashgan. Tez orada ular Rossiyaga yetkaziladi.
Ukrainalik harbiy asirlar Kiyevga yetkazildi.