Mareska «Manchester Siti»ning moliyaviy qoidalarni buzgani haqidagi ayblovlar atrofidagi shov-shuvga xotirjam munosabatda ekanini aytdi.
«Shaxsan men mutlaqo xotirjamman. Klubning pozisiyasi aniq va biz unga to‘liq ishonamiz. Atrofda ko‘p gap-so‘zlar borligini tushunamiz, ammo biz nazorat qila oladigan narsaga — maydondagi o‘yinga e’tibor qaratamiz.
Hozirgi hissiyotlar ajoyib. Futbolchilar oldinda turgan ikki o‘yinni intiqlik bilan kutmoqda. Ayniqsa, jadvalda peshqadam ekanimiz ularga qo‘shimcha ruh bag‘ishlamoqda.
Ular o‘z ishlarini yaxshi bilishadi va atrofdagi shov-shuvlarga katta ahamiyat berishmaydi. Hozir barcha fikrlarimiz «Liverpul»ni qanday mag‘lub etish va muxlislar bilan birgalikda «Enfild»da g‘alaba qozonish haqida».