Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Shaxmat olimpiadasi g‘oliblariga 200 ming dollar mukofot puli beriladi

Shaxmat olimpiadasi g‘oliblariga 200 ming dollar mukofot puli beriladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori (PQ–346-son, 21.09.2026 y.) qabul qilindi.

“Nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalari g‘oliblari va sovrindorlari hamda ularning trenerlarini munosib rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–346-son, 21.09.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarining g‘olib va sovrindorlari bo‘lgan shaxmatchilarimiz hamda ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari miqdorini oshirish belgilandi.

Qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi shaxmatchilari va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlarining miqdorlari yuqorida keltirildi.

Unga ko‘ra, nufuzli xalqaro musobaqalar g‘oliblariga beriladigan pul mukofotlari miqdori quyidagicha bo‘ladi:
➖ Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (kattalar):
🥇oltin — 200 ming AQSh dollari (bungacha BHMning 2 ming baravari – 880 mln so‘m edi);
🥈kumush — 100 ming dollar (bungacha BHMning 1 ming baravari – 440 mln so‘m edi);
🥉bronza — 50 ming dollar (bungacha BHMning 500 baravari – 220 mln so‘m edi).
➖ Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (yoshlar):
🥇oltin — 20 ming dollar;
🥈kumush — 10 ming dollar;
🥉bronza — 5 ming dollar.
➖ FIDE tasnifiga ko‘ra jahon miqyosidagi musobaqalar:
🥇oltin – 15 ming dollar (bungacha BHMning 300 baravari – 132 mln so‘m edi);
🥈kumush – 7,5 ming dollar (bungacha BHMning 150 baravari – 66 mln so‘m edi);
🥉bronza – 3 ming 750 dollar (bungacha BHMning 75 baravari – 33 mln so‘m edi).
➖ FIDE tasnifiga ko‘ra Osiyo miqyosidagi musobaqalar:
🥇oltin – 10 ming dollar (bungacha BHMning 70 baravari – 30 mln 800 ming so‘m edi);
🥈kumush – 5 ming dollar (bungacha BHMning 35 baravari – 15 mln 400 ming so‘m edi);
🥉bronza – 2,5 ming dollar (bungacha BHMning 17,5 baravari – 7 mln 700 ming so‘m edi).
➖ Xalqaro grossmeyster unvonini olganlarga — 5 ming dollar (bungacha BHMning 100 baravari – 44 mln so‘m edi).

Kiritildi: 11:35 23.09.2026. O'qildi: 868 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!