Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev: "Viloyat hokimliklari 100, OTMlar 50 nafardan xotin-qizlar kontraktini to‘lab beradi"

Shavkat Mirziyoyev: "Viloyat hokimliklari 100, OTMlar 50 nafardan xotin-qizlar kontraktini to‘lab beradi"

Har bir viloyat hokimi mahalliy byudjet hisobidan 100 nafar, har bir oliygoh esa 30-50 nafardan xotin-qizlarning kontrakt́ini to‘lab berishga mas’ul bo‘ladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ayollar va qizlarning muammolarini hal qilish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasiga bag‘ishlangan videoselektorda ma’lum qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayollar orasida ishsizlik masalasini bartaraf etish bo‘yicha to‘xtaldi.

«Bir oy muddatda har bir tumandagi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tayotgan kollejlarning bo‘sh turgan qismini, tadbirkorlar uchun o‘quv xonasi va ishlab chiqarish sexi tashkil etish uchun 30 yilgacha muddatga imtiyozli ijaraga berish tartibini ishlab chiqish zarur.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov viloyat hokimlari bilan birga ushbu yangi tizim asosida joriy yil yakuniga qadar 50 ming nafar xotin-qizlarni o‘qitib, ish bilan ta’minlasin. Bunga Bandlik jamg‘armasidan 70 milliard so‘m ajratiladi.

Xalq banki joriy yilda 70 mingga yaqin xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish uchun 2 trillion so‘m kreditlar ajratilishiga shaxsan mas’ul. Shu kunga qadar bank tomonidan tadbirkorlik kurslarini yakunlagan 4 ming nafar xotin-qizlarga kreditlar ajratildi.

Oliy ma’lumotli bo‘lish istagida bo‘lgan, qobiliyati, bilimi bor, lekin taqdir taqozosi bilan orzusiga erisha olmagan xotin-qizlarni rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi. Ya’ni ota-onasining biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarning kontrakt to‘lovini hokimiyat va oliygohlar qoplab beradi. Bunda, har bir viloyat hokimi mahalliy byudjet hisobidan 100 nafar, har bir oliygoh esa, 50 nafardan xotin-qizlarning kontrakt́ini to‘lab berishga mas’ul bo‘ladi. Tanzila Norboyeva ushbu ishlarni tashkillashtirishga shaxsan bosh-qosh bo‘ladi», deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Kiritildi: 21:30 26.02.2021. O'qildi: 2637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!