Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekistondagi oligarxlar»dan 5-10 million dollar so‘raganini aytdi

Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekistondagi oligarxlar»dan 5-10 million dollar so‘raganini aytdi

Toshkentda 20 yanvar, dushanba kuni Oliy Majlis Senatining yangi tarkibi birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda. Jumladan, davlat rahbari “O‘zbekistondagi oligarxlar”dan 5—10 million dollar so‘ragani haqida gapirib berdi.

Biz o‘zimizga mos iqtisodiyot yaratyapmiz, birovlardan ko‘chirib olganimiz yo‘q. Ochiq gap, dunyodagi manman degan to‘rtta ekspertlar kengashi bo‘lsa, shularning ikkitasiga pul to‘lab, Byudjet kodeksini qabul qilganimiz uchun hamda oxirgi ikki yildagi soliq siyosatimiz bo‘yicha xulosa qilib berishlarini so‘radim.

Pul byudjetdan emas, O‘zbekistondagi katta-katta oligarxlarga iltimos qildim, “og‘aynilar, 5—10 million pul beringlar, ular bizga xulosa qilib bersin”, deb. Ular xulosa qilib berdi. Kecha menga xulosalar keldi. Ular qoyil qolyapti. “Shu rostmi” deb so‘rasam, rost deyishdi. Keyin ularni taklif qildim, ular yaqinda keladi.

“Hech qayerda soliq yuki bunday kamayib, byudjetga tushum bunday ko‘payishi bir yilda bo‘lmagan, kamida besh yil bo‘lgan” deyishdi. Buni iqtisodiyotni bilganlargina tushuna oladi, — dedi prezident.

Manba: sof.uz

Kiritildi: 05:00 21.01.2020. O'qildi: 7477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!