Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

15 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqot va uchrashuvlar qardosh xalqlarimizning ko‘p asrlik do‘stligini, o‘zaro hurmat, qo‘llab-quvvatlash va manfaatlarni hisobga olish tamoyillari asosida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga, ikki tomonlama foydali hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentini ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun Osiyo-Tinch okeani teleradioeshittiruvchilar uyushmasi mukofoti sohibi bo‘lgani bilan samimiy tabrikladi.

Joriy yil avgust oyida Avazada Turkmaniston Prezidenti raisligida muvaffaqiyatli o‘tkazilgan Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi sammitining samarali natijalari yuqori baholandi. Ekologiya masalalari, jumladan, Orol halokati oqibatlarini bartaraf etish Markaziy Osiyoning barqaror taraqqiyoti uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Turkmaniston Prezidenti davlatimiz rahbariga samimiy tabrik uchun minnatdorlik bildirib, ikki tomonlama munosabatlar izchil mustahkamlanib borayotganini alohida ta’kidladi.

Savdo, ishlab chiqarish kooperasiyasi, energetika, samarali transport kommunikasiyalarini rivojlantirish va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashuvlarni kengaytirish muhimligi qayd etildi. Xususan, joriy yil 14 oktyabr kuni Termiz shahrida Turkmaniston ijodiy jamoalari ishtirokida konsert muvaffaqiyatli o‘tgani ta’kidlandi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot so‘ngida davlat rahbarlari qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va amaliy hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga intilishlari qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqladilar.

Kiritildi: 18:30 15.10.2018. O'qildi: 1529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!