Davlatimiz rahbari sammitda nutq so‘zlab, unda muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Prezidentimiz Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jo‘mart Toqayev hamrohligida O‘zbekiston tomonidan barpo etilgan masjidni borib ko‘rdi hamda delegasiyalar rahbarlari bilan birgalikda Turkistonning diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.
Shuningdek, sammit doirasida davlatimiz rahbari Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.