Rossiya Qozog‘iston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Serbiya va Xorvatiya rahbarlari G‘alaba paradiga tashrif buyurishini tasdiqladi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Jurnalistlar Peskovdan Moskvadagi G‘alaba paradida kimlar qatnashishini so‘radilar.
"Ish olib borilmoqda, hozirda ro‘yxat ishlab chiqilmoqda. Hozircha Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, shuningdek, Serbiya, Xorvatiya, Abxaziya, Janubiy Osetiya rahbarlari qatnashishi tasdiqlandi", — deb javob berdi Peskov.
Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, bir qator rahbarlar taklifnoma olgan, Rossiya ularning javobini kutmoqda.