Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxga keldi

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 30 yanvar kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi, deb yozadiO‘zA.

Prezidentning ushbu tashrifi davomida ham viloyatni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalarning amalga oshirilishi, avvalgi tashrifda berilgan topshiriqlar ijrosi, aholining talab-ehtiyojlari bilan bevosita tanishish ko‘zda tutilgan.

Davlat rahbari o‘tgan yil mart oyida viloyatga tashrifi chog‘ida bergan taklif va tavsiyalari, topshiriqlari asosida yakunlangan 2018 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash omili bo‘ldi.

Viloyatda 2018 yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 7 trillion 138 milliard so‘mni, o‘sish 2017 yilga nisbatan 105 foizni tashkil etdi. Yillik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 102,1 foizga, qurilish ishlari hajmi 104,4 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 102 foizga, chakana savdo aylanmasi 107,4 foizga, xizmatlar hajmi 113,3 foizga oshdi.

O‘tgan yili viloyatda 10 million 113 ming dollarlik sanoat va 34 million 504 ming dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari, jami 44 million 617 ming dollar mahsulot eksport qilindi. Natijada eksport hajmi 2017 yilga nisbatan 9,5 million dollarga yoki 127 foizga oshdi.

2018 yilda viloyatda 43 ta yangi qo‘shma va xorijiy korxonalar ro‘yxatdan o‘tkazilib, ular soni 120 taga yetdi.

O‘tgan yili viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida umumiy qiymati 2 trillion 737 milliard so‘mlik to‘g‘ridan- to‘g‘ri xorijiy investisiyalar jalb etilishi natijasida 395 ta loyiha amalga oshirildi. Bu sohada o‘sish 232 foizni tashkil etdi.

Davlat rahbari o‘tgan yilgi tashrifi chog‘ida hududda yetishtirilgan paxta xom ashyosini chuqur qayta ishlash bo‘yicha bergan topshiriqlari asosida viloyatda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadida umumiy qiymati 27,1 million dollar, jumladan, 8 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy nivestisiya bo‘lgan 19 ta loyiha amalga oshirilib, 1 ming 420 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Zarbdor tumanida Zarbdor tekstil , Yangiobod tumanida Balandchaqir tekstil , Paxtakor tumanida Paxtakor Teks , Mirzacho‘l tumanida Mirzacho‘l Teks , Mirzacho‘l tikuvchilik , Jizzax shahrida Jizzax tekstil mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan ip-kalava, tayyor kiyimlar ishlab chiqarish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirildi.

Ayni paytda viloyatda 312 ta to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari faoliyat olib bormoqda. O‘tgan yili viloyatda yetishtirilgan 180 ming tonna paxta xom ashyosi hududdagi 5 ta paxta tozalash korxonasi tomonidan 100 foiz qayta ishlanib, 60 ming tonna tola olinishi rejalashtirilgan.

Olingan 60 ming tonna paxta tolasining 23,1 ming tonnasi 38,5 foizi qayta ishlanishi natijasida 20,5 ming tonna ip-kalava mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Iqtisodiyotning rivojlanishi ijtimoiy sohada to‘planib qolgan muammolarni hal etish, aholining talab va ehtiyojlarini to‘laroq qondirish imkoniyatini yaratmoqda. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, maktab va maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilayotir. Obod qishloq , Obod mahalla , Yoshlar kelajagimiz , Har bir oila tadbirkor dasturlarini amalga oshirish ustida izchil ish olib borilmoqda.

Prezidentning 2019 yil 3 yanvardagi Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish to‘g‘risida gi farmonida 2019 yil 1 martdan boshlab Ilg‘or hudud sinov loyihasi doirasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish sohasini tahlil qilish va baholash, hududni jadal rivojlantirish uchun ilg‘or qarorlarni aniqlash belgilangandi.

Kiritildi: 15:44 30.01.2019. O'qildi: 2260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!