Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi

O‘zbekiston Prezidenti Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 30 oktyabr kuni Seul shahrida videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tadigan Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi.

Tadbir kun tartibidan koronavirus pandemiyasi oqibatlarini birgalikda yengib o‘tish va xalqaro sheriklikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida mintaqaviy siyosatning eng dolzarb masalalari va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollariga to‘xtalib o‘tadi.

Forum ishida O‘zbekiston va Janubiy Koreya yetakchilari bilan bir qatorda Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Mo‘g‘uliston prezidentlari va boshqalar ishtirok etadi.

Kiritildi: 16:47 29.10.2020. O'qildi: 1985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!