O‘tgan hafta Toshkentdagi forumga kelgan investorlar O‘zbekistonga sarmoya kiritishga yanada katta qiziqish bildirdi, 30,5 milliard dollarlik savdo va investisiya shartnomalari imzolandi.
Bu yilgi dastur doirasida yana 26,5 milliard dollar investisiya bo‘lishi, 1 sentyabrgacha 3,3 milliard dollarlik 35 ta yirik loyiha so‘zsiz ishga tushishi shartligi ta’kidlandi.
Xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘i hisobidan qurilayotgan yo‘l, suv, elektr bo‘yicha 3-5 yillab cho‘zilayotgan loyihalar borligi ko‘rsatib o‘tildi.
Qayd etilganidek, logistika markazlari qurish uchun 2019 yilda Osiyo taraqqiyot bankidan olingan 197 million dollar bo‘yicha qayta-qayta tender o‘tkazilishiga chek qo‘yilganida, hali boshlanmagan ishga 200 ming dollar qarz foizi to‘lanmasdi.
Suv, ekologiya va qishloq infratuzilmasiga jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha 6 million dollar qarz foizlari o‘z vaqtida ta’minlanganida, boshqa birorta loyiha kechikmasdi.