Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev institutni bitirgach, qanday ishda ishlagan?

Shavkat Mirziyoyev institutni bitirgach, qanday ishda ishlagan?

Kaktakto Markaziy Osiyo prezidentlari yoshlikda kim bo‘lgani haqida ma’lumot berdi. Bu haqda 7news yozmoqda.

Gurbanguli Berdimuhamedov

Buyuk Arkadag (Turkmaniston prezidenti rasman shunday ataladi) 1957 yilda Ashxobod tumanining Baparap qishlog‘ida tug‘ilgan.

1979 yilda Turkmaniston davlat tibbiyot institutining stomatologiya fakultetini tamomlagan. Keyin esa aspiranturada o‘qigan. U tibbiyot fanlari doktori, ijtimoiy gigiyena va sog‘liqni saqlash mutaxassisligi bo‘yicha professor.

Mehnat faoliyatini 1980 yilda stomatolog-vrach sifatida boshlagan. 1980 yildan 1982 yilgacha Ashxobod tumani Erriqal’a qishlog‘idagi ambulatoriyada stomatolog bo‘lib ishlagan. 1982 yildan 1985 yilgacha Ashxobod tumanining bosh stomatologi bo‘lib ishlagan.

1985 yildan 1987 yilgacha Ashxobod tumani Keshi qishloq xo‘jaligi tuman markaziy kasalxonasining stomatologiya bo‘limi boshlig‘i va Ashxobod viloyati bosh stomatologi sifatida faoliyat yuritgan.

1990 1995 yy. Turkmaniston davlat tibbiyot instituti terapevtik stomatologiya kafedrasi assistenti, stomatologiya fakulteti dekani, dosent.

1995 1997 yy. Turkmaniston sog‘liqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligining stomatologiya markazi direktori.

1997 yildan Turkmaniston sog‘liqni saqlash va tibbiyot sanoati vaziri.

2001 yildan Turkmaniston vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari.

2007 yil 11 fevralda Turkmanistonning ikkinchi prezidenti etib saylangan.

Sooronbay Jeenbekov

Qirg‘iziston prezidenti 1958 yilda Kara-Kulja qishlog‘ida tug‘ilgan. 18 yoshidan boshlab O‘sh viloyati O‘zgan tumanidagi Lenin nomli maktabda rus tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.

1983 yilda Sovet sovxozining bosh zootexnigi bo‘lgan va bu lavozimda besh yil ishlagan.

80 yillarning oxirida Jeenbekov Kompartiya tuman komitetiga instruktor bo‘lib ishga kirgan. Ikki yil ichida u instruktordan partkom direktori lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.

1993 yilda Sooronbay Shapripovich Osh viloyatidagi kolxoz raisi etib saylangan. 1995 yilda qirg‘iz parlamenti birinchi chaqirig‘i deputatiga aylangan.

1996 yilda u qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha komitet raisi etib saylangan. Keyin Jeenbekov rahbarligi ostidagi ishchi guruh Qirg‘iziston Yer kodeksini ishlab chiqqan.

2000 yil u parlamentda vise-spiker, 2008 yilda Qirg‘iziston qishloq, suv va ishlab chiqaruvchi sanoat vaziri bo‘lgan. Konstitusiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendumdan keyin Jeenbekov iste’foga chiqqan.

2010 yilgi aprel inqilobidan keyin Jeenbekov gubernator vazifasini bajaruvchi, keyin esa Osh viloyati gubernatori bo‘lgan.

2012 yil 16 avgustda Jeenbekov Osh viloyati hokimligining vakolatli vakili etib tayinlangan. U yerda uch yil ishlagan.

2015 yil Jeenbekov davlat kadrlar xizmati rahbariga aylangan. Bir yil o‘tgach, prezident administrasiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lgan. 2016 yil bosh vazir etib tayinlangan.

2017 yil Qirg‘iziston prezidenti etib saylangan.

Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston Prezidenti 1957 yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Maktabni tamomlagach, Shavkat Miromonovich Toshkentga kelgan va Irrigasiya va meliorasiya institutiga kirgan.

Institutni bitirib, Mirziyoyev kafedrada kichik ilmiy xodim bo‘lgan. Keyinchalik birinchi prorektor lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.

1990 yil Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Oliy Sovetining deputati etib saylangan. 1994 yil yangi parlament deputati bo‘lgan.

1992 yil Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi, 1996 yil Jizzax viloyati hokimi etib tayinlangan. 1999 yilda uning nomzodi Jizzax viloyatidan parlament deputatligiga ko‘rsatilgan. Mirziyoyev mandatni 2004 yilgacha saqlagan.

2002 yil Samarqand viloyati hokimi, 2003 yil dekabrda esa bosh vazir etib tayinlangan.

2016 yil 4 dekabrda O‘zbekiston Prezidenti etib saylangan.

Nursulton Nazarboyev

Siyosiy arbob Nursulton Nazarboyev 1940 yilda tug‘ilgan. Bolaligi urush va urushdan keyingi og‘ir vaqtlarga to‘g‘ri kelgan. Barcha qiyinchiliklarga qaramasdan bo‘lajak prezident a’lo baholarga o‘qigan, uning attestatida bir donagina to‘rt baho bor.

Etti yillik ta’limni tugatgach, Nursulton Temirtovdagi yangi metallurgiya kombinati qurilishiga ketgan. U yerdan 1960 yil Dneprozerjinskdagi 22-sonli kasb-hunar bilim yurtiga o‘qishga yuborilgan. 1967 yil Qarog‘and metallurgiya kombinati qoshidagi texnika universitetini tamomlagan.

1965 yil Qarog‘and metallurgiya kombinatiga ishga kelgan va 1969 yilgacha dispetcher, gazchi va domen sexning katta gazchisi lavozimlarida ishlagan.

1969 yildan Nazarboyevning partiyadagi faoliyati boshlangan.

1973 1978 Qarog‘and metallurgiya kombinati partkomining kotibi.

1978 1979 Qarog‘and viloyat partiyasi kotibi, ikkinchi kotibi.

1979 1984 Qozog‘iston Kompartiyasi markaziy komiteti kotibi.

1984 1989 Qozog‘iston SSR vazirlar kengashi raisi.

1989 1991 Qozog‘iston Kompartiyasi markaziy komiteti birinchi kotibi.

1990 yil 14 iyuldan 1991 yil 23 avgustgacha KPSS Markaziy Komiteti Siyosiy byurosi a’zosi. KPSS Markaziy nazorat komissiyasining a’zosi (1981-1986). KPSS Markaziy Komitetining a’zosi (1986-1991).

1989 yildan 1992 yil yanvargacha SSSR xalq deputati.

1990 yil fevraldan aprelgacha Qozog‘iston SSR Oliy Kengashi raisi.

1991 yil 1 dekabrda 98,7% ovoz bilan mustaqil Qozog‘iston prezidenti etib saylangan.

Emomali Rahmon

Emomali Sharipovich Rahmonov 1952 yil 5 oktyabrda Tojikiston SSR Ko‘lob viloyati Dang‘ara qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan.

1969 yil Kalininoboddagi 40-sonli kasb-hunar bilim yurtini elektr ustasi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Texnikumni bitirgach, Qo‘rg‘on-Tuba shahridagi yog‘ zavodda ishlashni boshlagan.

1971 yildan 1974 yilgacha Emomali Rahmon Tinch okeani flotida xizmat qilgan.

Demobilizasiyadan so‘ng, Dang‘ara tumani Lenin nomidagi sovxozda ishlagan.

1982 yil Tojikiston davlat universiteti iqtisod fakultetida sirtqi ta’limni tamomlagan.

1987 yildan 1992 yilgacha bo‘lajak prezident Dang‘ara tumani Lenin nomidagi sovxoz direktori bo‘lgan.

1990 yil Rahmon Tojikiston Respublikasi Oliy Sovetining XII chaqirig‘ida xalq deputati etib saylangan.

1992 yil Ko‘lob viloyati xalq deputatlari ijro komitetining raisi etib saylangan. Keyin esa Tojikiston Respublikasi Oliy Sovetining raisi bo‘lgan.

1994 yil 59% umumxalq ovoz bilan Emomali Rahmon Tojikiston prezidenti etib saylangan.

Kiritildi: 11:16 14.03.2019. O'qildi: 6042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!