Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev haqli tarzda g‘alaba qozondi - Rossiya 24

Shavkat Mirziyoyev haqli tarzda g‘alaba qozondi - Rossiya 24

Rossiya 24 telekanali O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari bo‘yicha lavha tayyorladi.
Unda Shavkat Mirziyoyevni salkam o‘n uch million saylovchi qo‘llab-quvvatlagani ta’kidlangan. Shuningdek, MSK Shavkat Mirziyoyevning g‘alabasini e’lon qilgani aytilgan.

"Shavkat Mirziyoyevni juda ko‘pchilik qo‘llab-quvvatladi va prezident buning uchun barchaga minnatdorlik bildirdi. Tojikiston, Qozog‘iston va Rossiya prezidentlari Mirziyoyevni birinchilardan bo‘lib tabriklashdi", dedi muxbir Robert Fransev.

Lavha yakunida Shavkat Mirziyoyevning katta tafovut bilan g‘alaba qozongani xalqning islohotlardan mamnun ekanligining ifodasi ekanligi ta’kidlangan.

"Saylovchilarga minnatdorlik bildirgan Shavkat Mirziyoyev kelgusi 5 yilda asosiy vazifa yangi ish o‘rinlari yaratish ekanligini ta’kidladi", dedi muxbir.

Kiritildi: 22:00 29.10.2021. O'qildi: 4088 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!