Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev YEXHT bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev YEXHT bosh kotibini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘luni qabul qildi.

Uchrashuvda YEXHT bilan iqtisodiy-ekologik, siyosiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ochiq va konstruktiv muloqot yuksak darajaga chiqqani, O‘zbekistonning YEXHT va uning tizimidagi institutlar bilan hamkorligi izchil mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tashkilot rahbariyati O‘zbekistonga tashriflarni muntazam amalga oshirmoqda, YEXHT DIIHB missiyalari mamlakatimizda saylov jarayonlarini monitoring qilishda faol ishtirok etmoqda.

Transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish, sud-huquq tizimini isloh qilish, gender tenglikni ilgari surish, inson huquqlarini himoya qilish va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish sohalarida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarning natijalari alohida qayd etildi.

Tomonlar kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, raqamlashtirish va sun’iy intellektni rivojlantirish, kadrlar malakasini oshirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda «yashil» kun tartibini ilgari surish kabi ustuvor yo‘nalishlarda ham hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligini ta’kidladilar.

Hamkorlik bo‘yicha yangi «yo‘l xaritasi»ni tayyorlab, O‘zbekistonda va YEXHT doirasida bir qator qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Kiritildi: Bugun 20:34. O'qildi: 263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!