O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonga yo‘llagan maktubida Islom inqilobi rahbari Oyatulloh-ul-uzmo Sayyid Ali Homanaiyning shahodati munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Ushbu maktubda, jumladan, quyidagilar keltirilgan:
«Eron Islom Respublikasi Oliy diniy rahbari Oyatulloh Sayid Ali Homanaiy Hazrati Oliylari va uning oila a’zolari vafot etgani to‘g‘risidagi noxush xabar qalblarimizni qattiq iztirobga soldi.
U zot o‘zining ko‘p yillik samarali faoliyati davomida Eron davlatchiligini mustahkamlash, jamiyat barqarorligi va milliy qadriyatlarni asrab-avaylash yo‘lida katta xizmatlar qildi.
O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni, o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan ul zotning yorqin xotirasi qalblarimizda doimiy saqlanib koladi.
Ushbu musibatli va og‘ir damlarda Siz, Janobi Oliylariga va do‘st Eron xalqiga samimiy hamdardik izhor etamiz. Qodir Allohdan marhumlarning ruhini o‘z rahmatiga olishini, oila a’zolari va barcha yaqinlariga bardamlik va sabri jamil ato etishni so‘rab qolamiz».
Chuqur qayg‘u ila,
Shavkat Mirziyoyev
Toshkent shahri, 2026 yil 1 mart