Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev: "Bunday rahbarlar oyog‘imizga kishandir"

Shavkat Mirziyoyev: "Bunday rahbarlar oyog‘imizga kishandir"

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Nukus shahrida Qoraqalpog‘istonni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Prezident rasmiy sayti xabar berdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi, shahar va tumanlari sektor rahbarlari, vazirlik va idoralar mutasaddilari ishtirok etmoqda.

Barcha soha va hududlarda, jumladan, Qoraqalpog‘istonda ham ijobiy sifat o‘zgarishlari ta’minlanmoqda. Birinchi yarim yillikda yalpi hududiy mahsulot 7,2 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 5,4 foizga, qurilish ishlari hajmi 45 foizga o‘sgan.

Prezidentimiz hududda hali jiddiy muammolar ko‘pligini, sanoatni rivojlantirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha ishlar yetarli emasligini ta’kidladi.

- Bu yerga qarsak uchun emas, ishlash uchun, xalqimiz ko‘zini ko‘rish uchun keldim, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Dunyoqarashini o‘zgartirmagan sektor rahbarlari oyog‘imizga kishan. Ishga kirgan bitta xotin-qizning baxtini tasavvur qilasizlarmi? Yoshlarni kim yetaklaydi, to‘g‘ri yo‘nalish beradi? Mo‘ynoq misolida ko‘rdilaringiz. Odamlarning ko‘zlarida «qilsa bo‘lar ekan-ku» degan nur bor. Lekin endi bu tarix. Hamma tumanlarda shunday o‘zgarishlar qilish kerak.

Birinchi yarim yillikda Qoraqalpog‘istonda sanoat ishlab chiqarish hajmi atigi 0,5 foizga o‘sgani, Taxtako‘pir, Shumanay, Nukus, Chimboy, To‘rtko‘l, Kegayli tumanlarida sanoat deyarli yo‘qligi tanqid qilindi. Xizmat ko‘rsatish, tadbirkorlik rivoji ham sustligi ko‘rsatib o‘tildi.

- Oxirgi uch yil mobaynida tub islohotlar natijasida ko‘plab sohalarni erkinlashtirdik, ularning rivojiga xalaqit bergan cheklovlarni bekor qildik. Qoraqalpog‘istonda ham har bir sektor rahbari cheklovlarni bekor qilaman, tadbirkorga xizmat qilaman, degan qoida, shior bilan ishlashi kerak, - deya ta’kidladi Prezident.

Kiritildi: 15:57 21.08.2019. O'qildi: 3760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!