Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev bugun Putin bilan qo‘ng‘iroqlashdi

A A A
Shavkat Mirziyoyev bugun Putin bilan qo‘ng‘iroqlashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 11 aprel kuni Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqotida tovar ayirboshlash sur’atlarini ta’minlash va qo‘shma kooperasiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan birinchi galdagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Ikki mamlakat ishbilarmonlari va hududlari darajasidagi amaliy hamkorlikni ilgari surishda aprel oyining oxirida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Innoprom” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Madaniy-gumanitar almashinuv dasturi dorasidagi hamkorlik sermahsul bo‘layotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.

Kiritildi: 15:27 11.04.2023. O'qildi: 2259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!