Uchrashuv avvalida Viktor Karankevich davlat rahbariga Aleksandr Lukashenkoning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Tomonlar O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasi va unga tegishli infratuzilmani barpo etishda Belarus tajribasidan foydalanish masalalarini muhokama qildi.
Jumladan, AESni loyihalash, qurish va ekspluatasiya qilishni ekspertlik jihatidan qo‘llab-quvvatlash, milliy kadrlar tayyorlash hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratildi.