Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev “Astrum” akademiyasiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev “Astrum” akademiyasiga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Astrum” akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot qilmoqda.

“Bugun yangi IT akademiyasiga biz uchun ahamiyati nihoyatda yuqori bo‘lgan IT sohasidagi yetuk mutaxassislar va yoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazish uchun keldim.

Biz bugun birgalikda yechimlarini topadigan masalalar butun O‘zbekiston yoshlarining IT sohasidagi intilishlariga katta turtki va motivasiya berishiga ishonaman”, dedi davlatimiz rahbari.

Dunyoda IT xizmatlari shiddat bilan rivojlanmoqda. Jahonda bu sohaning o‘sish sur’atlari yiliga 10 foizni tashkil etib, joriy yilda 4,3 trillion dollarga yetadi.

“Biz ushbu bozorda mustahkam o‘rin egallash borasida katta islohotlarni boshladik. Sohaga so‘nggi besh yilda 2 milliard dollar, shundan 700 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar yo‘naltirildi.

Bundan uch yil oldin IT parklar tashkil qilib, ularga alohida soliq rejimini joriy etdik", dedi Prezident.

Kiritildi: 14:42 29.07.2022. O'qildi: 2096 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!