Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev: "Agar Jizzax viloyatiga suv tezroq kelsa, bolalarimiz sog‘lom tug‘iladi"

Shavkat Mirziyoyev: "Agar Jizzax viloyatiga suv tezroq kelsa, bolalarimiz sog‘lom tug‘iladi"

Shavkat Mirziyoyev Zarafshon daryosidan suv olish loyihasining ahamiyati haqida so‘zladi.

- Agar Jizzax viloyatiga suv tezroq kelsa, bolalarimiz sog‘lom tug‘iladi. Men hokim bo‘lganimda odamlar dod deb suv so‘rab kelardi. Arnasoy bilan Mirzacho‘lda, kanalda suv bo‘lmasdi. O‘sha paytda xalq bilan ochiq uchrasholmasdim. Qo‘lim bog‘langan edi. Agar agrar sohasini rivojlantiraman desang, Yaponiyaning uskunasini olib kelaman desang ham cuv bo‘lmasa hammasi bekor. O‘zim ham shu yerda yashaganman. Mening ham uyimda suv o‘chardi, bosimi past edi. Agar xalqqa suv olib kelmasam, bu xiyonat bo‘ladi. Zulfiya opa (Isroilova) yozgan she’rdek "bu bog‘lar shunday bog‘ bo‘ladi hali".

Nomzodning dasturiga ko‘ra, viloyatda 875 kilometr ichimlik va 96 kilometr oqova suv tarmoqlari, 103 ta inshoot barpo etilib, bunga 2 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 60 foizdan 90 foizga yetkaziladi.

Shuningdek, Zarafshon daryosidan suv olish bo‘yicha loyiha yakunlanib, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Do‘stlik, Paxtakor, Mirzacho‘l tumanlari va Jizzax shahrida 700 ming aholining markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi.

Kiritildi: 14:21 21.10.2021. O'qildi: 2277 marta. Fikrlar soni: 11 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!