Xabaringiz bor, Toshkentda dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning dastlabki kungi (20 sentyab) dasturida ikki nafar vakilimiz Diyorbek O‘rozboyev (-60 kg) hamda Sardor Nurillayev (-66 kg) bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
E’tiborlisi, ushbu musobaqada hamyurtimiz Sharofiddin Boltaboyev xitoylik raqibini ajoyib usul qo‘llab ikki soniyada taslim etdi.