Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

"Sharmandangni chiqaraman": samarqandlik ayol boshqa bir ayolga tahdid qildi

"Sharmandangni chiqaraman": samarqandlik ayol boshqa bir ayolga tahdid qildi

Samarqand. 2020 yilning 03 sentyabr kuni 42 yoshli S.N. (ayol) tanishi 43 yoshli F.A., ning (ayol) shaxsiy fotosuratlarini qo‘lga kiritib, ularni F.A., uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar sirasiga kirishini bilgan holda, kelgusida ushbu rasmlarni uni yaqin qarindoshlariga hamda internet tarmog‘i orqali tarqatib sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, harakatlarni amalga oshirmaslik evaziga F.A.,dan 2.200 AQSh dollari miqdordagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan talab qilib kelayotganligi aniqlangan.

Joriy yilning 04 sentyabr kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahar Universitet hiyobonida S.N., tanishi F.A., dan 2.200 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha S.N., ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 17:35 08.09.2020. O'qildi: 2946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!