Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Shahzoda Garri birinchi marta filmda suratga tushdi (video)

Shahzoda Garri birinchi marta filmda suratga tushdi (video)

Qirollik oilasidagi mavqei bilan tanilgan qirolicha Yelizaveta II ning kichik nabirasi shahzoda Garri rafiqasi, aktrisa Megan Marklning izidan bordi va debyut rolini ommaga namoyish etdi.

Sasseks gersosi birinchi marta suratga olish jarayonida ishtirok etgan.  Ma’lum bo‘lishicha, u "Netflix"ning Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilariga bag‘ishlangan yirik “Rising Phoenix” hujjatli loyihasida rol o‘ynagan.

Shunisi e’tiborga loyiqki, juftlikning ushbu xizmat bilan hamkorligi haqida shu yilning yanvar oyida xabar berilgan edi va hozirda tarmoqda Garri bosh rol o‘ynagan filmning treyleri paydo bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, hujjatli film koronavirus pandemiyasi tufayli 2021 yilga qoldirilgan Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari uchun maxsus rejalashtirilgan.

 

 

 

 

 

 

Kiritildi: 04:30 15.08.2020. O'qildi: 2389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!