Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Shahrixonda 31 iyul kuni erkak va ayol bedarak yo‘qolgandi. Ularning jasadi kanalga ag‘darilgan «Moskvich»dan topildi

Shahrixonda 31 iyul kuni erkak va ayol bedarak yo‘qolgandi. Ularning jasadi kanalga ag‘darilgan «Moskvich»dan topildi

Katta Farg‘ona kanalining Shahrixon tumani, «Begbachcha» MFY o‘ramidan oqib o‘tgan qismidan 25 yoshli yigit va 40 yashar ayolning jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati «Daryo»ga ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 2020 yilning 31 iyul kuni Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi «Qayrag‘ochguzar» mahallasida yashovchi fuqaro O.G‘. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z murojaatida 23 iyul kuni soat 19:30 larda 25 yashar turmush o‘rtog‘i T.A. o‘zining boshqaruvidagi avtomashinasida farzandlariga qovun olib kelish maqsadida chiqib ketib, yashash uyiga qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolganligini va umr yo‘ldoshini topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Mazkur holat bo‘yicha 31 iyul kuni Shahrixon tuman prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan tashqari, xuddi shu sanada tumanning «Qorako‘rpa» mahallasida istiqomat qiluvchi M.I. ham tuman IIBga ariza bilan murojaat qiladi. U 40 yoshli onasi T.D. 23 iyul kuni soat 20:00 larda yashash uyidan hech bir sababsiz chiqib ketib, xonadoniga qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolganligini va onasini topishda amaliy yordam berilishini bildiradi.

Ushbu holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv materiali 4 avgust kuni yuqoridagi jinoyat ishiga qo‘shilgan.

«O‘tkazilgan tezkor-tergov harkatlari davomida, 5 avgust kuni T.A. boshqaruvidagi davlat raqami 50 Z 480 JA bo‘lgan «M412» rusumli avtomashina Katta Farg‘ona kanalining Shahrixon tumani, «Begbachcha» MFY o‘ramidan oqib o‘tgan qismidan topilgan.

Avtomashina ko‘zdan kechirilganida, uning ichida T.A. va T.D.ning jasadi tan jarohatlarisiz borligi aniqlandi. T.A. jasadi turmush o‘rtog‘i va singlisi tomonidan, T.D.ning murdasi esa ikki nafar farzandlari tomonidan tanib olindi. Holat yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirildi.

Sud-tibbiy ekspertiza byurosining dastlabki ma’lumotnomasida T.A. va T.D.ning tanasi hamda ichki a’zolarida suvda chirish alomatlari mavjudligi, o‘lim holati esa suvga cho‘kish natijasida kelib chiqanligini bayon qilingan», — deyiladi Bosh prokuratura ma’lumotnomasida.

Kiritildi: 13:28 06.08.2020. O'qildi: 6522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!