Bugun 1 iyul, 2024 yil, dushanba

КИР

Shahrixon tumanida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Shahrixon tumanida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan S.R fuqaro M.T.ga 5 100 AQSh dollarini 64,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, S.R.ning yonidan jami 8 240 AQSh dollari, 39 200 Rossiya rubli, 50 Yevro va 33,2 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Sho‘rchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar O‘.M va B.M. fuqaro M.X.ga jami 3 100 AQSh dollarini 39,4 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlanib, ularning yonidan 10 600 Rossiya rubli, 3,5 mln so‘m va 10 AQSh dollari, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:24 25.06.2024. O'qildi: 501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!