Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Shahrixon tumanida aholidan kommunal to‘lovlar uchun qabul qilingan 69,8 mln so‘m talon-toroj qilinganligi aniqlandi

Shahrixon tumanida aholidan kommunal to‘lovlar uchun qabul qilingan 69,8 mln so‘m talon-toroj qilinganligi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Shahrixon tumanlararo pochta aloqa bog‘lanmasi tarkibidagi “Qoziqo‘rg‘on” aloqa bo‘limi boshlig‘i D.A. va boshqalar fuqarolardan kommunal to‘lovlari uchun qabul qilingan 69,8 mln so‘m naqd pulni hisob-raqamiga kirim qilmasdan, balki o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganliklari aniqlanib, tekshiruv davomida yetkazilgan zararning 11,4 mln so‘mi undirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:37 05.05.2022. O'qildi: 2017 marta. Fikrlar soni: 9 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!