Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shahrisabz tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi muammo bartaraf etildi

Shahrisabz tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi muammo bartaraf etildi

@keshnews telegram kanalida “Shahrisabz shahar yuqumli shifoxonasida ahvol qanday?” sarlavhali tanqidiy xabar e’lon qilingandi.  Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bu xabar  yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. 

Xabarda Shahrisabz shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus bilan og‘rigan bemorlarga dori-darmon berilmayotganligi qayd etilib, mazkur shifoxonaning mutaxassislar bilan ta’minlanganligi qay darajada ekanligi haqida ma’lumot so‘ralgan.
Avvalo shuni qayd etish zarurki, Shahrisabz shahrida joylashgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi shahar emas, tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasi deb yuritiladi. Bu yerda  pandemiya davrida “COVID-19” alomatlari bo‘lgan bemorlarni davolash uchun Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasining 2020 yil 11 iyuldagi buyrug‘iga asosan maxsus shifoxona tashkil etildi.
Shifoxonaga 6 avgustga qadar jami 133 bemor qabul qilingan. Ayni paytda 71 nafar bemor mavjud,  Bemorlarning 57 nafari davolanib, sog‘ayib chiqqan. 3 nafari viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘tkazilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli tavsiyaviy qo‘llanmasiga asosan  mazkur muassasada 11 iyuldan 25 iyulgacha bemorlarni davolash uchun 6 kishidan iborat guruh (ikki nafar vrach, ikki nafar hamshira, bir nafar orastabon, bir nafar oshpaz) xizmat qildi. 25 iyuldan  8 avgustgacha   12 kishidan iborat guruh (shundan uch nafari vrach, to‘rt nafari hamshira, bir nafari laborant, bir nafari xo‘jalik bekasi, ikki nafari orastabon, bir nafari oshpaz)  xizmat qilmoqda.  
Moliyalashtirishda kechikish bo‘lganligi sababli shifoxonada dori-darmon ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan. Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bilan tuzilgan tegishli shartnomaga asosan 2020 yil 5 avgust kuni tegishli mablag‘lar ajratilib, Shahrisabz tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasi dori-darmon bilan to‘liq ta’minlangan. 

Kiritildi: 15:15 06.08.2020. O'qildi: 2734 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!