Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Shahobiddin Zoirov "IBA Chempionlar oqshomi"da jang qiladi

Shahobiddin Zoirov "IBA Chempionlar oqshomi"da jang qiladi

Bir qator nufuzli boks musobaqalarida shohsupaga ko‘tarilgan hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov professional boksdagi navbatdagi jangini 12 iyul kuni o‘tkazadigan bo‘ldi.

Shahobiddin shu kuni Rossiyaning Serpuxov shahrida o‘tkaziladigan "IBA Chempionlar oqshomi"da mezbonlar vakili Dmitriy Dvaliga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu jang 53.5 kg. vazn toifasida sakkiz raundga mo‘ljallangan.

Mazkur boks kechasining markaziy jangi 2020 yilgi rossiyalik Artur Batirgaziyev (10-0, KO 7) va irlandiyalik Jono Kerroll (24-2-1, KO 7) o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu jang super og‘ir vazn toifasida «WBA» kamari uchun o‘tkaziladi.

Ma’lumot o‘rnida: Dmitriy Dvali uchun bu, professional boksdagi ikkinchi jang hisoblanadi. U shu yilning mart oyida Sochida bo‘lib o‘tgan turnirdagi ilk bellashuvida hamyurtimiz Jasurbek Latipovni muddatidan oldin mag‘lub etgan edi.

Shahobiddin Zoirov proffesional boksda 5 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.

Kiritildi: 12:40 20.06.2024. O'qildi: 1231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!