Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Shahobiddin Zoirov birinchi raunddayoq g‘alabaga erishdi

Shahobiddin Zoirov birinchi raunddayoq g‘alabaga erishdi

Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Shahobiddin Zoirov Daniyada tashkil etilgan boks oqshomida o‘zining ikkinchi jangini o‘tkazdi.

Ushbu bahsda hamyurtimizga gruziyalik Mishiko Shubitidze raqiblik qildi. 6 raundga mo‘ljallangan jang muddatidan oldin yakunlandi. Shahobiddin birinchi raundning o‘zidayoq raqibidan ustun ekanligini namoyish etdi va nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, Shahobiddin Zoirov professional ringdagi debyut jangini 5 aprel kuni nishonlagan va unda indoneziyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratgandi.

Kiritildi: 15:41 19.05.2019. O'qildi: 1619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!