- Agar mashinani “shapka” bilan sotishingizdan to‘sa olmay, hali ham buning yo‘lini qilayotgan bo‘lsangiz, sevinmang. Chunki siz jig‘ildonga haromni uradiganlar safidasiz, nafsingizga mag‘lubsiz!
- Agar o‘qishda siz mansub bo‘lgan poraxo‘rlikni tugata olishmayotgan bo‘lsalar, sevingmang! Chunki siz haromdan hazar qilmayapsiz, nafsingizga mag‘lubsiz!
-Agar ro‘molni hanuz yechtira olayotgan bo‘lsangiz, dinni va dindorni sig‘dirmaslikka kuch topa olayotgan ekansiz, sevinmang. Balki siz razolat qo‘shini safidasiz, nafsingizga mag‘lubsiz!
- Agar ikki yil oldin jonda, molda, hadikda bo‘lib, zamonim o‘tibdi shekilli deb yig‘lab, endi xotirjamlik kasb qilayotan bo‘lsangiz, sevinmang. Siz nafs tomonsiz, nafsingizga mag‘lubsiz!
Ey nafsiga mag‘lub zotlar, men sizga achinaman!
Mubashshir AHMAD
Manba: azon.uz