Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

“Sevimli” telekanalining mualliflik huquqlarini buzgan shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi

A A A
“Sevimli” telekanalining mualliflik huquqlarini buzgan shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi

🔰Mualliflik huquqlarining buzilish holatlari internet tarmog‘ida audiovizual asarlar va fonogrammalarni sotish, teleko‘rsatuvlarni tarqatish kabi faoliyat bilan shug‘illanadigan xizmat turlarida ham ko‘p uchraydi.

💢Kuni kecha, Intellektual mulk agentligining Qashqadaryo viloyati intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan “Sevimli” telekanali ya’ni “MASTER MEDIA PRODUCTION AND BROADCAST” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga lisenziya shartnomasi asosida tegishli bo‘lgan audiovizual asarlardan huquq egasining roziligisiz foydalanilayotganligi holati yuzasidan qonuniy chora ko‘rish to‘g‘risidagi murojaati o‘rganib chiqildi.

🎞Xususan, fuqaro A. K tomonidan shartnoma asosida “Sevimli” telekanaliga tegishli bo‘lgan “Chuqur”, “Istanbullik kelin”, “Ichkarida”, “Qora niyat”, “Zuleyha” kabi turk seriallarini
www.asil-media.net veb-sahifasida huquq egasining roziligsiz yoki u bilan shartnoma tuzmagan holda telekanalning logosi tushirilgan asnoda barchaning e’tiboriga yetkazish bilan shug‘ullanib, moddiy manfaat ko‘rib kelgan.

📗Vaholangki fuqaro A. K ning xatti-harakatlari O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonun normalarining buzilishi hisoblanadi.

📗Qonunning 62-moddasiga ko‘ra huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar ob’ektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzish hisoblanadi.

👉Qashqadaryo viloyati intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan tegishli tartibda murojaat o‘rganib chiqildi va huquqbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tuman sudi tomonidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-1moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi.

☑️Darhaqiqat, jamiyatimizda huquq egasining mulkiga nisbatan hurmat hissini shakllantirish hamda ularning huquqlari poymol bo‘lishini oldini olish, bu borada aholining huquqiy ongini oshirish va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish Intellektual mulk agentligini o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

❗Hurmatli fuqarolar huquq egasiga tegishli bo‘lgan mulkni moddiy mulk kabi ko‘rish va uni hurmat qilishi har birimizning majburiyatimiz ekanligini unutmaylik!

Kiritildi: 16:25 14.07.2021. O'qildi: 3815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!