Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

«Setanta Sports» O‘zbekistonda sport musobaqalarini translyasiya qilish bo‘yicha lisenziyani qo‘lga kiritdi

«Setanta Sports» O‘zbekistonda sport musobaqalarini translyasiya qilish bo‘yicha lisenziyani qo‘lga kiritdi

Xalqaro sport musobaqalarini O‘zbekistonda translyasiya qilish bo‘yicha huquqni "Setanta Sports" kompaniyasi qo‘lga kiritdi.

Ushbu kompaniya ayni paytda Yevropa va Osiyoning 15ta mamlakatida raqamli va kabel platformalari orqali translyasiyalarni amalga oshirib keladi. "Setanta Sports" namoyish etayotgan musobaqalar orasida Angliya premyer-ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi, UFC, NBA, Formula-1 va boshqa sport turnirlari bor.

«O‘zbekiston — ulkan va istiqbolli bozorlardan biri. Biz mahalliy teleuzatmani amalga oshiruvchi hamkorlar bilan bigalikda lisenziyani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldik. Jarayon ancha murakkab bo‘ldi va uzoq vaqt davom etdi. Hozirgi paytda telekanallarimiz barcha platformalar orqali O‘zbekiston aholisiga bepul qilib qo‘yilgan. Uch oylik faoliyatimiz davomida o‘zbekistonlik 500 ming muxlis "Setanta Sports"da ro‘yxatdan o‘tdi. Mazkur qisqa davr uchun bu juda yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu esa mazkur mamlakatda biz translyasiya qilayotgan turnirlarga bo‘lgan qiziqish yuqori ekanini ko‘rsatadi», — dedi "Setanta Sports" tijorat direktori David Djaparidze.

Kiritildi: 12:37 07.12.2022. O'qildi: 2211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!