Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Sergelidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

A A A
Sergelidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan ko‘p qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 7 aprel kuni soat 14:31 da Toshkent shahar Sergeli tumani, Quruvchilar dahasida joylashgan, ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 14:35 da yetib borib, yong‘in soat 14:49 da o‘chirildi.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kiritildi: 17:14 07.04.2025. O'qildi: 714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!