Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Sergelida oshxona yonib ketdi

Sergelida oshxona yonib ketdi

Bugun, 31 iyul kuni soat 13:10 da Sergeli tumani Qo‘ylik-5 dahasida joylashgan nonvoyxona va lavash tayyorlash oshxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushdi.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:13 da voqea joyiga yetib borib, soat 13:28 da yong‘in o‘rab olingan va soat 13:30 da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida binoning 80 kv.m. maydonda tom va shift qismi yonib zararlangan. Yong‘indan 220 kv.m. maydon saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘rab koladi.

Kiritildi: 15:01 31.07.2021. O'qildi: 1694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!